AOKAda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida o`tkazilgan brifingda shu savolga javob berdi:
«Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 25 martdagi 182-sonli qaroriga asosan, 18 yoshga to`lgan O`zbekiston fuqarolari (fuqaro mehnat migranti bo`lganda uning nomidan oila a`zolari ham ariza berishi mumkin) uy-joy sotib olishda boshlang`ich badal yoki kredit foizining bir qismini qoplash bo`yicha subsidiyalar olish yuzasidan joriy yilning 1 martidan 1 oktyabriga qadar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali orqali ariza berishlari mumkin.
Quyidagi ma`lumotlar taqdim etiladi:
- Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami ma`lumotlari;
- Oila a`zolarining shaxsiy identifikasiya raqami ma`lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to`liq oila va voyaga etgan farzandi(lari) bo`lganda) va farzandlarining tug`ilganlik haqidagi guvohnomalari (agar voyaga etmagan bo`lsa) nusxasi;
- Nikoh bekor qilingani haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqimiy emas deb topilgani to`g`risidagi sud qarori (nikoh qayd etilgan hollarda) va oilaviy holati to`g`risida FHDYo organlari arxividan ma`lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan hollarda);
- Turar-joyining kadastr raqami va turiga tegishli ma`lumotlar;
- Turar-joyining uy daftarining yoki kvartira kartochkasining (17-shakl bo`yicha) nusxalari;
- Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi hamda ushlab qolingan daromad soliqlari haqida ma`lumotnoma.
- Ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshirilishi belgilangan.
Mazkur parametrlar belgilangach, «Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini olishga YaIDXP» (my.gov.uz) hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza berish mumkin bo`ladi. Arizalar qabul qilinishi boshlanishi haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi».