AsosiyJamiyat

Boquvchining qaramog`ida turgan-turmaganidan qat`i nazar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi?

'Boquvchining qaramog`ida turgan-turmaganidan qat`i nazar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi?'ning rasmi

Kimlarga boquvchining qaramog`ida turgan-turmaganidan qat`i nazar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi tayinlanadi? Bu savolga O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ma`lumot berdi. 

Qonunchilikka ko`ra, vafot etgan boquvchining qaramog`ida bo`lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a`zolari boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo`ladi. 
Bunda quyidagilarga pensiya ular boquvchining qaramog`ida turgan-turmaganidan qat`i nazar tayinlanadi:

a) bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to`lmagan bo`lsa yoki 16 yoshdan katta bo`lsa ham 16 yoshga to`lmasdan nogiron bo`lib qolgan bo`lsalar. Bunda aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo`lmasa;
b) ota, ona, o`gay ota, o`gay ona, xotin, er, basharti, ular 7-moddada nazarda tutilgan pensiya yoshiga to`lgan yoki nogiron bo`lsalar;
v) yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat`i nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta`tilda bo`lish huquqini beradigan yoshga to`lgunga qadar boqish bilan mashg`ul bo`lsa va ishlamasa;
g) buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo`lgan kishilar bo`lmasa.
d) o`quvchilar 18 yoshga to`lgunga qadar boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar.

Boshqa yangiliklar