AsosiyJamiyat

Transport vazirligi Samarqand ko`chalaridagi tadqiqotchilar yuzasidan ma`lumot berdi

'Transport vazirligi Samarqand ko`chalaridagi tadqiqotchilar yuzasidan ma`lumot berdi'ning rasmi

Bugungi kunda Samarqand shahri va uning atrofida transport va yo`lovchilar oqimini o`rganish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu ishlarga Toshkent davlat transport universiteti hamda Jizzax politexnika instituti doktorant va magistrantlari jalb etilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, ular o`z tadqiqot ishlari davomida turli texnik uskunalar foto-video kameralar va planshetlardan foydalanishmoqda. Ushbu jarayonlardan bexabar bo`lgan ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari  tomonidan vaziyatni noto`g`ri talqin qilib, haqiqatdan yiroq bo`lgan yolg`on axborotlar tarqalmoqda.

"Tadqiqot ishlari davomida avtomobil haydovchilari va piyodalarning yo`l harakati qoidalarini buzish bilan bog`liq vaziyatlar tasvirga olinmayotganini alohida ta`kidlab o`tmoqchimiz. Foto-video kameralar va planshetlar yordamida yozib olingan ma`lumotlar faqatgina master reja tadqiqotlari doirasida foydalaniladi",–deyiladi vazirlik ma`lumotida. 

Olib borilayotgan tadqiqot ishlarining maqsadi Samarqand shahri transport tizimini istiqbolli rivojlantirish master rejasini ishlab chiqishdan iborat.

Samarqand shahri transport infratuzilmasini rivojlantirish, jamoat transporti faoliyatini tubdan takomillashtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan jarayonlarning har bir bosqichini bevosita kuzatib borish mumkin.

Boshqa yangiliklar