AsosiyJamiyat

Davlat byudjetiga tushadigan mablag`larning bir qismi “Yoshlar daftari” jamg`armasiga yo`naltiriladi

'Davlat byudjetiga tushadigan mablag`larning bir qismi “Yoshlar daftari” jamg`armasiga yo`naltiriladi'ning rasmi

Davlat byudjetiga kelib tushadigan qator mablag`larning bir qismi “Yoshlar daftari” jamg`armasiga yo`naltiriladi. Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda  Yoshlar ishlari agentligi axborot xizmati rahbari Nodir Abduqodirov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha: 

  • Qoraqalpog`iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tumanlar (shaharlar) mahalliy byudjetlarida shakllangan qo`shimcha manbalarning kamida 15 foizi miqdorida har chorakda ajratiladi;
  • jinoyat natijasida davlatga etkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma`muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o`tkaziladigan olib qo`yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro xujjatlari bo`yicha kelib tushgan mablag`larning bir qismi “Yoshlar daftari” jamg`armasiga yo`naltiriladi;
  • xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko`mak mablag`lari va grantlari jalb etiladi;
  • homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar bo`lishi mumkin.

️“Yoshlar daftari” jamg`armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablag`lari tuman (shahar) g`aznachilik bo`linmalarida alohida ochilgan shaxsiy g`azna hisobvaraqlarida yig`iladi hamda mablag`laridan foydalanish bo`yicha hisob va hisobotlar tuman (shahar) hokimliklari hisobot bo`limlari tomonidan yuritiladi.

Ma`lumot uchun: Bugungi kunda, “Yoshlar daftari” jamg`armalariga 144,8 mlrd so`m. miqdorida mablag`lar shakllantirilgan bo`lib, shundan  117,5 mlrd so`m. – hududiy va mahalliy byudjetlarning orttirilgan qismidan, 26,6 mlrd so`m. – majburiy undiruvlar hisobidan hamda 710 mln so`m. – homiylik mablag`lari hisobidan shakllantirildi. 

Boshqa yangiliklar