AsosiyJamiyat

“Obod va ko`rkam mahallam” umumxalq hashari doirasida 8 milliondan ziyod mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekildi

'“Obod va ko`rkam mahallam” umumxalq hashari doirasida 8 milliondan ziyod mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekildi'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq, joylarda “Obod va ko`rkam mahallam” obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Milliy axborot agentligining “Mahalla” fondi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha,  umumxalq hashari davomida 8 yarim millionga yaqin aholi ishtirok etdi. 17 ming gektarga yaqin er-maydonlari obodonlashtirilib, 12 ming kilometrga yaqin ariq va lotoklar tozalandi. 9000 dan ortiq qabriston va 650ga yaqin ziyoratgohlar obodonlashtirildi. Xayriya hashari davomida 8 milliondan ziyod mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekildi.

Bundan tashqari, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga muruvvat yordamlari ko`rsatiladi. Jumladan, 13 mingga yaqin kam ta`minlangan oilalarga moddiy yordamlar ko`rsatildi. 5 mingdan ziyod ehtiyojmand oilalarning uy-joylari ta`mirlanadi.

Boshqa yangiliklar