AsosiyJamiyat

Toshkentda bog`chalardan birida tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilarda koronavirus aniqlandi

'Toshkentda bog`chalardan birida tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilarda koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Olmazor tumanidagi bog`chalarning birida 13 mart kuni 2 nafar tarbiyachida koronavirus aniqlanlandi. Bu haqda Maktabgacha ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

 Xabarga ko`ra, 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli maktabgacha ta`lim tashkiloti ish faoliyati vaqtincha to`xtatildi. MTTda 13 mart kuni 2 ta tarbiyalanuvchi va 2 ta tarbiyachida koronavirus aniqlangan. «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to`g`risida»gi qonunning 12-moddasi «j» bandiga asosan maktabgacha ta`lim tashkilotining xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga o`tkaziladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar