Ulug`lik sharafin istagan odam,
Kichiklarga aylar himmatu karam.
***
Kimning agar bo`lsa baland himmati,
Eski kiyim birla-da zo`r izzati.
***
Agar bo`lsa uyingda arpa noning,
O`zing haryoqqa urma, saqla joning.
***
Ertaga qolmasa bugungi ishi,
Bu dunyoda g`olib yashar shul kishi.
***
Zamin boshdan oyoq gar lolazordir,
Yalangoyoq yurma, tikoni bordir.
***
Oqila, tadbirkor bo`lsa gar ayol,
Qo`ldagi ignasi yoy o`qi misol.
***
Har yoru do`st emas vafodor,
Bilki, yordan yorning farqi bor.
Amir Husrav Dehlaviy