1

Romitan tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Yuridik texnikumda ochiq sayyor sud majlisi o`tkazdi

Jamiyat 16.03.2021, 22:31
Teglar: Sud, Romiton
Romitan tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Yuridik texnikumda ochiq sayyor sud majlisi o`tkazdi

Romitan tumanlararo iqtisodiy sudi raisi A.Safarov tomonidan Buxoro yuridik texnikumida texnikum talabalari ishtirokida ochiq sayyor sud majlisi o`tkazildi. Sayyor suddan so`ng sud raisi talabalar bilan o`zaro muloqotda sud majlisida ko`rilgan iqtisodiy ish bo`yicha chiqarilgan hal qiluv qarorini batafsil tushuntirib berib, amaldagi qonunchilik asosida qanday asoslar va nima sabablarga ko`ra shunday hal qiluv qarori chiqarilganligini tushuntirib berdi.

Sayyor sud majlisida ko`rilgan iqtisodiy ish bo`yicha da`vogar tomonidan sudga da`vo arizasi kiritishda qanday prosessual normalarga rioya etilganligi, nizoni sudgacha hal etish tartib-taomiliga rioya qilishda nimalarga e`tibor qaratilishi kerakligi, talabnoma yuborish tartibi, da`vo arizasini tuzish va uni asoslashda e`tibor qaratilishi lozim bo`lgan jihatlar, shartnoma tuzishda taraflar qanday holatlarni e`tiborga olishlari lozimligi to`g`risida ma`lumot berildi.

Talabalar sud majlisi jarayonining borishi, sud majlisida amalga oshiriladigan prosessual harakatlar va ularni amalga oshirish tartibi to`g`risida savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javob oldilar.

Ochiq muloqot davomida talabalarga sud-huquq sohasida qonunchilikka kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar, “Bir sud – bir instansiya” taomili haqida batafsil ma`lumot berildi hamda ular sud raisidan o`zlarini qiziktirgan boshqa savollarga ham javob oldilar.

Sharhlar

Toshkentda 100 nafar odamni aldab, 55 nafarini xorijga yuborgan jinoiy guruhga sud hukmi o`qildi (video)

30.11.2022, 21:19

Jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 100 nafar jabrlanuvchini ishonchiga kirib, qariyb 550 million so`mni talon taroj qilgan 3 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi...
Nukus voqelari bo`yicha bo`lib o`tayotgan sudda asosiy aybdor Dauletmurat Tajimuratov Qur`oni Karimni keltirishni so`radi

28.11.2022, 12:43

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi...
Toshkentda ichimlik reklamasida behayo harakatlar qilganlar jarimaga tortildi (video)

27.10.2022, 19:44

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning behayo harakatlari aks etgan video tarqalib ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan edi. Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIO FMB tomonidan Yu.B. hamda...
Toshkentda 18 yoshli qizni bo`g`ib o`ldirgan yigit 12 yilga qamaldi (video)

18.10.2022, 13:41

Jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tumani sudining ochiq sud majlisida qasddan odam o`ldirish jinoyatini sodir etganlikda ayblangan, 1999 yilda tug`ilgan jinoyatchi oid sud ishi ko`rib chiqildi,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1