AsosiyJamiyat

Farg`onada tibbiyot xodimi fuqaroni elektroshoker bilan vahshiylarcha urgani voqeasi bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi

'Farg`onada tibbiyot xodimi fuqaroni elektroshoker bilan vahshiylarcha urgani voqeasi bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Daxshat. Farg`onada vahshiylik» sarlavhali videoxabar tarqaldi. 

Mazkur videoxabarni sharxlagan mustaqil blogger o`z munosabatida, - tibbiyot xodimi elektroshoker bilan fuqaroni bir necha marta urib, vaxshiylarcha munosabatda bo`layotganligini, ammo o`sha erda turgan IIB xodimi holatga e`tibor qaratmayotganligini, - bildirilgan.

Holat bo`yicha Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati "darakchi.uz"ga ma`lumotlar taqdim etdi. 

Farg`ona viloyat IIB tomonidan o`tkazilgan tekshiruvga ko`ra, fuqarolik kiyimidagi shaxs IIO xodimi emas balki Farg`ona viloyati Narkalogiya dispanserida qorovul bo`lib ishlovchi S.E. ekanligi aniqlandi.

Tibbiyot xodimining xatti-harakatlari yuzasidan esa, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Farg`ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, viloyat IIB tomonidan yuqoridagi holatga IIO xodimining aloqadorligi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan bo`lib, holatga huquqiy baho beriladi.

Farg`ona viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan salbiy ko`rinishdagi ma`lumotlarga huquqiy munosabat bildirilmasdan turib, turli noo`rin xulosalarga bormaslikni so`ramoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar