AsosiyJinoyat

Toshkentda 1,3 mlrd. so`mlik shinalarning noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

'Toshkentda 1,3 mlrd. so`mlik shinalarning noqonuniy savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idorasi” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan  Qo`qon shahrida faoliyat olib boruvchi korxona nomiga keltirilgan 2 ta yuk konteynerlari bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, yuk konteynerlarida yo`l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan  ortiqcha jami 421 dona qiymati 154,5 mln so`mlik avtomobil shinalari borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, yana bir holatda esa, Qo`qon shahrida faoliyat yurituvchi boshqa bir korxona nomiga kelgan 4 ta yuk konteynerlari ko`zdan kechirilganda, konteynerlarda hujjatlarda ko`rsatilganidan ortiqcha  qiymati 427 mln so`mlik 1221 dona avtomobil shinalari tovarlari borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari tomonidan“Toshkent-tovar” bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikdaFarg`ona viloyatida faoliyat yurituvchi korxona nomiga keltirilgan “velosiped ehtiyot qismlari” tovarlari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida,  yo`l-yuk hujjatlarida ko`rsatilmagan qiymati 930 mln so`mlik 3780 dona “velosiped shinalari” hamda 49418 dona “velosiped kameralari”borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxon organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar