AsosiyJamiyat

Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo`rttirib ko`rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo`q – Nurmat Otabekov

'Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo`rttirib ko`rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo`q – Nurmat Otabekov'ning rasmi

Bugun, 17 mart kuni AOKA majlislar zalida bo`lib o`tgan "O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq vaziyat, vaksinasiya jarayonlariga tayyorgarlik" mavzusidagi matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari o`rinbosari Nurmat Otabekov so`zlarini keltirmoqda "Darakchi.uz" muxbiri. 

Otabekov ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan odamlarni vaksinasiya jarayonlariga undash uchun ataylab kasallik ko`payishi bo`rttirib ko`rsatilyapti degan fikrlarga munosabat bildirdi.

"Emlashga jalb qilish uchun atayin kasallik bo`rttirib ko`rsatilyapti, degan gaplarda mantiq yo`q. Kasallik bolalar orasida ko`payyapti, biz esa 18 yoshdan yuqorilarni emlashni rejalashtiryapmiz",– dedi mutaxassis.

Nurmat Otabekov karantin cheklovlariga odamlarning o`zlari sababchi ekanini aytdi. 

"Niqob taqish, antiseptik vositalardan foydalanish, masofa saqlash qoidalarini unutib qo`ydik. Biz haddan ortiq xotirjamlikka berilib ketdik, mana shu holat vaziyat jiddiylashuviga sabab bo`lyapti",–dedi Nurmat Otabekov.

Boshqa yangiliklar