AsosiyJinoyat

Andijonda gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib olgan sex egalari javobgarlikka tortildi

'Andijonda gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib olgan  sex egalari javobgarlikka tortildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar  va tuman bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar S.Yu. va Sh.B. o`zlarining yashash xonadonlarida tabiiy gaz tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulanib, noqonuniy ohak mahsulotlari ishlab chiqarish sexini tashkil etib, hududiy gaz ta`minoti korxonasi manfaatlariga jami 216,6 mln so`m zarar etkazganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Hisob kitoblarga ko`ra, noqonuniy foydalanilgan tabiiy gaz 1 oy davomida hududdagi 710 ta xonadonni uzluksiz tabiiy gaz bilan ta`minlashga etishi ma`lum bo`lgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

Boshqa yangiliklar