1

“Agrobank” bank mas`ullariga jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 19.03.2021, 09:35
“Agrobank” bank mas`ullariga  jinoyat ishi qo`zg`atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo`limi tomonidan AT “Agrobank” Andijon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv  o`tkazildi.

Filialning mas`ul shaxslari “G.A.” MChJ rahbari M.O. bilan oldindan til biriktirib, 2019-2020 yillarda 9 nafar fuqaroning xabarisiz ularning nomiga soxta ma`lumotlar tayyorlash orqali 129,5 mln so`m, fuqaro X.M. bilan oldindan til biriktirib, 3 nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar nomiga 90 mln so`m, jami 219,5 mln so`m imtiyozli kredit ajratib ushbu kredit mablag`larini shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab, o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1