AsosiyJinoyat

Asakada 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag`larini talon-toroj qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Asakada 50 nafar fuqaroga ajratilgan subsidiya mablag`larini talon-toroj qilganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.A.” ishlab chiqarish kooperativi rahbari  I.A. Asaka tumani Aholi bandligiga ko`maklashish markazi mas`ul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi 50 nafar kam ta`minlangan va ishsiz fuqaro nomidan ularning imzolarini soxtalashtirib, byudjetdan ajratilgan 111,5 mln so`m subsidiya mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan I.A., markaz mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar