AsosiyJamiyat

Kasallanish ko`rsatkichi har yuz ming aholiga 0,4 ko`rsatkichga ko`tarildi – Nurmat Atabekov

'Kasallanish ko`rsatkichi har yuz ming aholiga 0,4 ko`rsatkichga ko`tarildi – Nurmat Atabekov'ning rasmi

Kasallanish ko`rsatkichi har yuz ming aholiga 0,4 ko`rsatkichga ko`tarildi

Bugun, 19 mart kuni AOKAda SOVID-19 bilan bog`liq bugungi vaziyat, vaksinasiya jarayonlariga tayyorgarlik mavzusida brifing bo`lib o`tdi.  Unda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Atabekov O`zbekistonda koronavirus bilan bog`liq bugungi holat haqida ma`lumot berdi. 

"Koronavirusga qayd etilish ko`rsatgichi mamlakatimizda ham sekin-asta ortib bormoqda. Oxirgi 3 oy davomida kasallikni qayd etilish darajasi har yuz ming aholiga 0,2 ko`rsatkichda bo`lgan bo`lsa, oxirgi 3-4 kun mobaynida bu ko`rsatkich 0,4 ko`tarildi. Kasallik aniqlanganlarning aksariyati bemorlar bilan bevosita muloqotda bo`lish orqali kasallikni yuqtirib olgan",–dedi Atabekov.  

Ma`lumki, hozir kunda COVAX dasturi doirasida vaksinalarning muayyan qismi etib keldi. Vaksinalar bilan aholini emlash uchun barcha tayyorgarliklarni ko`rilgan. Mahalliy hududlarda mahalliy mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etilgan.

Barcha viloyatlarda emlanishi kerak bo`lgan aholi qatlami elektron bazasi, ya`ni ularni elektron ro`yxatga olish tizimi amalga oshirilmoqda. Ular emlangandan so`ng bu bazaga emlanganlik haqida ma`lumotni ko`rish mumkin.

Boshqa yangiliklar