Kun hikmati

Mutolaa 19.02.2016, 10:58
Kun hikmati

Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat`iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming- minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir. 
***
Garchi ishning qanday yakunlanishi takdir pardasi ortida yashirin bo`lsa ham, aqli raso va hushyor kishilardan kengashu tadbir istab, fikrlarini bilmoq lozimdir.
***
Qilmoqchi bo`lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so`z berar ekanlar, yaqiniga ham yo`lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.
***
Yaxshilarga — yaxshilik qildim, yomonlarni esa o`z yomonliklariga topshirdim. Kim menga do`stlik qilgan bo`lsa, do`stligi qadrini unutmadim va unga muruvvat, ehson, izzatu ikrom ko`rsatdim. 
***
Chin do`st uldirki, do`stidan hech qachon ranjimaydi, agar ranjisa ham, uzrini qabul qiladi.
***
Kuch — adolatdadir. 
***
 Bir kunlik adolat — yuz kunlik toat-ibodatdan afzal.
***
Adlu ehson bilan jahon gulshani obod bo`ladi.

Amir Temur

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1