AsosiyJAMIYAT

Buxoroda voyaga yetmaganlardan iborat “uyushgan to‘da” qo‘lga olindi

Buxoro viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida Buxoro shahrida yoshlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

'Buxoroda voyaga yetmaganlardan iborat “uyushgan to‘da” qo‘lga olindi'ning rasmi

Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi tortishuv va arzimas kelishmovchilik ortidan yoshlar o‘zaro “masalani hal qilish” uchun uchrashuv belgilagan.

Samarqand ko‘chasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 10–15 nafardan iborat guruh jabrlanuvchilarga tashlanib, ularni do‘pposlagan hamda Nexia avtomashinasiga jiddiy shikast yetkazgan. Shuningdek, ayrim gumonlanuvchilar kastetga o‘xshash sovuq quroldan foydalangani ham aniqlangan.

Tergovga qadar surishtiruvlarda ushbu holatning asosiy tashkilotchilari sifatida 2009 yilda tug‘ilgan S.H. va M.T. qayd etilgan.

“Ko‘cha bo‘lmoqchi edik, o‘zimizcha. Qilgan ishimdan pushaymonman”, — deydi qo‘lga olinganlardan biri.

Hozirga qadar jami 13 nafar gumonlanuvchi aniqlangan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar