1

Rossiyada to`rt yoshli qizchani o`ldirib, boshini uzib olgan samarqandlik ayol O`zbekistonga deportasiya qilinadi

Jinoyat 23.03.2021, 12:01
Rossiyada to`rt yoshli qizchani o`ldirib, boshini uzib olgan samarqandlik ayol O`zbekistonga deportasiya qilinadi

2017 yilning yanvar oyida to`rt yoshli qizchani o`ldirishda aybdor deb topilgan, O`zbekistonda tug`ilgan sobiq enaga Gulchexra Boboqulova majburiy davolanishi tugagandan so`ng Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Ichki ishlar vazirligiga asoslanib xabar berdi, deb yozmoqda Meduza.

Ichki ishlar vazirligi 2017 yilda Boboqulovaning Rossiyada qolishi istalmagan deb topilganini aytdi. "Davolash tugagandan so`ng, u Rossiyadan tashqarida deportasiya qilinadi", - deyiladi bo`lim xabarida. Boboqulovaning davolanishi qachon tugaydi, Ichki ishlar vazirligi bu haqda hali ma`lum qilmagan.

Fevral oyida "Moskovskiy komsomoles" Boboqulovaning Qozon shahridagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida bo`lganligi haqida xabar bergan (bu ma`lumot rasman oshkor etilmagan). Ayolning onasining aytishicha, shifokorlar Boboqulovaning ahvolini barqaror deb baholashgan va agar tegishli hujjatlar kelib tushsa, uni deportasiya qilishga tayyor.

Boboqulova tomonidan o`ldirilgan qizning onasi Evgeniya Mesheryakova davolanish tugagandan so`ng, sobiq enaga oiladan qasos olishi mumkinligidan qo`rqmoqda, deyiladi  xabarda.

Eslatib o`tamiz, 2016 yilning 29 fevral kuni Rossiyaning Moskva shahrida “Oktyabrskoe pole” metro stansiyasi atrofidagi uylardan birida qotillik ro`y berib, oila enagasi hisoblangan samarqandlik Gulchehra Boboqulova o`zining qaramog`ida bo`lgan to`rt yoshli qizchani o`ldirib, boshini tanasidan judo qilgan va bolaning boshini ko`tarib ko`chada yurganligi barchani dahshatga solgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1