Denov tumanida 2021 yilning 17 fevral kuni, tumanning “O`rtaqishloq” mahallasida yashovchi, N.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 16 fevral kuni tumanning “Yoshlik” mahallasida joylashgan ko`p qavatli uylar oldida turgan 25.400.000 so`mlik 25,4 metr trubasini tumanning “Muqimiy” mahallasida yashovchi, Ch.E. o`g`irlab ketganligini bildirgan. 13 mart kuni Ch.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
O`zganing mulkini o`g`rilik qilib o`zlashtirib olib o`zining ehtiyojlari uchun ishlatmoqchi bo`lgan Ch.E. o`z qilgan qing`ir ishining “mevasini totgan” holda qonun oldida javob beradigan bo`ldi. Mahalladoshlari oldida yuzi erga qarab shuvut bo`ldi.