1

Samarqandda uka izsiz yo`qolgan akasining murdasini marhumning doimiy sherigi xonadonidan topdi

Jinoyat 23.03.2021, 21:35
Samarqandda uka izsiz yo`qolgan akasining murdasini marhumning doimiy sherigi xonadonidan topdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida sobiq milisioner daxshatli qotillikni fosh etdi. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida ma’lum qilindi.

Qotilning ukasi izsiz yo‘qolgan akasining murdasini marhumning doimiy sherigi xonadonidan ko‘milgan holda topgan.

O‘limga marhumning orqasidan 7 marta urilgan pichoq va temir bolg‘a bilan bir necha marotaba zarba berilgani sabab bo‘lgan.

Yo‘qolgan akaning sherigi esa hech nima bo‘lmagandek odatiy yashayvergan. Ukasi esa undan shubhalangan va uning uyiga borgan. Hovlidagi bir uyum tuproq tagidan akasining qo‘li chiqib turganini ko‘rgan:  

Akamni qidirib borgan kunim hovlida chuqur qazilganini ko‘rdim. Bu nima uchun deb so‘rasam chiqindi tashlayman dedi. Keyin o‘ylab qoldim, akam yo‘qolgan payti nega chuqur kavlaydi deb. Chuqurni borib kavlab ko‘rdim. Chuqurdan akamning o‘ng qo‘li chiqdi.

Qotilning o‘zi jinoyati haqida shunday deydi:

Juma kuni ertalab ko‘mdim. Murdani chuqurga ko‘mganim yo‘q. Yerni yuzasida turgandi.  

Qotil marhumga tan jarohati yetkazganini rad etdi. Marhumning ko‘krak qafasiga 7 marta zarba berilgan, temir bolg‘a bilan bosh sohasiga bir necha marta urilgani o‘limga sabab bo‘lgan.

Jinoyatchiga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1