Ijtimoiy tarmoqda “Bodi kamerasi yo`q GAI haydovchining kamerasini tortib ololmay nega qochib ketdi” sarlavhasi video tarqaldi. Unda Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori Sh.Topganov hamda "Spark" rusumli avtomobil haydovchisi o`rtasidagi o`zaro muloqot aks etgan. Haydovchi YPX xodimining bodikamerasi yo`qligiga, xodim voqea joyidan ketib qolganligiga e`tiroz bildirgan. Haydovchi tomonidan o`zaro muloqot video tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan.
IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






