Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubda "Xalqaro silga qarshi kurashish kuni"ga bag`ishlangan sessiyasi o`tkazilmoqda.
Unda AQShning O`zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi o`rinbosari Alan Melser O`zbekistonda tibbiyotni rivojlantirishga oid taqdim qilinayotgan loyihalar haqida so`zlab berdi.
«Tarixdan qaraydigan bo`lsak, sil kasalligiga qarshi kurash — bizning O`zbekistondagi asosiy yo`nalishlarimizdan biriga aylangan. 2018 yilda ilk dasturimizni boshlagan edik.
Dastur asosida yiliga 5,5 million AQSh dollari ana shu maqsadlar uchun ajratiladi. Asosiy e`tibor — O`zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining sifatini oshirish va dunyo standartlariga moslashtirish. Bu juda muhim, chunki ushbu harakatlar nafaqat tuberkulyoz, balki umuman, farmasevtika tarmog`ini rivojlantirishga turtki beradi».






