AsosiyJinoyat

Toshkentda ayol 8 oylik o`g`il farzandini 10 ming AQSh dollarga sotishga urindi

'Toshkentda ayol  8 oylik o`g`il farzandini 10 ming AQSh dollarga sotishga urindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.J. (ayol) fuqaro N.ga 2020 yil iyul oyida tug`ilgan o`g`il farzandini 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar