Ijtimoiy tarmoqda "YPX xodimi velosipedchini urib yubordi" sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB AXborot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Joriy yilning 24 mart kuni soat 10:00 larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, O`zbekiston ovozi ko`chasida joylashgan "Taxtabozor" ro`parasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi U.Tilovov o`z boshqaruvidagi "Neksiya-2" rusumli avtomobilda to`xtab turgan vaqtida, ortidan fuqaro, 1958 yilda tug`ilgan S.Q. velosipedda harakatlanib kelib avtomobilga to`qnashgan va erga yiqilgan.
Velosipedchiga tez tibbiy yordam ko`rsatish, shifoxonaga olib borish uchun U.Tilovov "Neksiya-2" avtomobilida qarama-qarshi yo`nalishda harakatlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






