AsosiyJamiyat

Yangiobod bozorida o`zini nazoratchiman deb janjal ko`targan ayol sotuvchi tomonidan kaltaklandi

'Yangiobod bozorida o`zini nazoratchiman deb janjal ko`targan ayol sotuvchi tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

2021 yilning 06 mart kuni soat 10:00 larda  52 yoshli Ibragim v., Yashnobod tumanida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Yangiobod ixtisoslashgan bozori” 3-hududidagi savdo rastalari oldida 36 yoshli Umidaxon A.,ga zo`rlik ishlatib qo`lidagi temir bo`lagi bilan bosh qismiga bir marotaba urib erga yiqitadi va tanasining duch kelgan joylariga tepib jarohat etkazgan. Natijada Umidaxon A., tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat qiladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida, Umidaxon A.,da o`rtacha og`ir tan jarohatlari mavjudligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Ibragim v.,ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “a,v” bandlari (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida aniqlanishicha, Ibragim v., savdo rastasida savdo qilayotgan vaqtida, Umidaxon A., o`zini nazoratchi ekanligini, unga kimdan so`rab savdo qilayotganligini aytib janjal ko`targanligi sababli urib jarohat etkazganligi ma`lum bo`lgan.

Boshqa yangiliklar