Shavkat Mirziyoyev bugungi videoselektor yig‘ilishida Administratsiya rahbarining yangi o‘rinbosari – Prezidentning matbuot kotibini tanishtirdi, deya xabar bermoqda “Darakchi” muxbiri.
Ushbu lavozimga Sherzod Asadov tayinlandi. U avval O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o`rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.
«Ko‘p o‘ylab shu qarorga keldim. Bugun Sherzod Asadovni Prezidentning Matbuot kotibi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladim. Tilni biladi, dunyoni ko‘rgan. U ham katta kurash maydoniga kirayapti. Shu fursatdan foydalanib aytmoqchiman, Sherzod Asadov davlat siyosatining yoritilishiga masʼul bo‘ladi.
Barcha idoralar, hokimliklar matbuot kotiblari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Avvalgi davr bilan solishtirish kerak, hozirgi adolatli siyosatni xalqqa yetkazish kerak», — dedi davlat rahbari.
Oldinroq u mamlakatning Avstriyadagi elchisi, Evropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va Vena shahridagi boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakil bo`lib ishlagan.






