AsosiyJamiyat

Bir tashkilotda kimdadir koronavirus aniqlansa, u bilan muloqotda bo`lganlarning barchasi karantinga olinadimi? Mutaxassis javob berdi

'Bir tashkilotda kimdadir koronavirus aniqlansa, u bilan muloqotda bo`lganlarning barchasi karantinga olinadimi? Mutaxassis javob berdi'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva jamoatchilikni qiziqtirgan bir qator savollarga javob berdi. 

"Ko`pchilik ishlaydigan tashkilotda bitta shaxsda PZR-test natijasi ijobiy bo`lsa, u bilan muloqotda bo`lganlarning barchasi shifokor nazoratiga olinadi.

Bunday holatda muloqotda bo`lganlarning barchasi uyda alohidalanishi va PZR-test topshirishi talab etiladi. Test natijasi ijobiy chiqqan shaxslar shifokor nazoratida belgilangan standartlar asosida davolanadi.

Test natijasi manfiy chiqqanlar esa shifokor nazoratida 10-14 kun davomida uyda alohidalanib karantinda bo`lishadi va 7 kundan so`ng qayta PZR-test topshirishadi. Qayta tekshiruv natijasi ham manfiy bo`lganda, bu shaxs karantindan chiqariladi va odatiy ish faoliyatiga qaytadi",–dedi Sevara Ubaydullaev.

Boshqa yangiliklar