AsosiyJamiyat

Toshkentda axlat tashuvchi mashina va “Niva” ishtirokidagi YTHda piyoda vafot etdi

Toshkent shahrining “40 let” mavzesida o`lim bilan yakunlangan yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri xabar berdi.

Internet foydalanuvchilarining ma`lum qilishicha, “Maxsustrans”ga tegishli axlat tashuvchi mashinaning tormozi ishlamay qolgani sabab YTH sodir bo`lgan.  Ayrimlarning aytishicha u katta tezlikda kelib, “Niva”ni urib yuborgan, piyoda qiz esa “Niva”dan qochmoqchi bo`lgan va axlat tashuvchi mashina uni ham urib yuborgan.  YTH oqibatida piyoda qiz halok bo`lgan.

Foydalanuvchilardan biri guruhga joylagan suratida "Niva"ning evakuatorga ortilganini ko`rish mumkin.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qoldirgan izohlardan ma`lum bo`lishicha, YTH oqibatida vafot etgan qiz 19 yoshda bo`lgan. Shuningdek, "Niva" haydovchisi ham jiddiy jarohatlangan. Suratlarda hodisa joyiga YPX xodimlari etib kelganini ko`rish mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar