Ayni paytda bo`lib o`tayotgan videoselektorda Prezident byudjet mablag`lari bilan bog`liq muammolarga ham alohida to`xtalib o`tdi. Xususan, endi byudjet mablag`i talon-taroj bo`lsa, prokurorlar ham javobgar bo`lishini ta`kidlab o`tdi.
Bu haqda Prezident videoselektorida ma`lum qilindi, deya xabar qilmoqda “Darakchi” muxbiri.
Yig`ilishda bundan buyon respublika va mahalliy byudjetdan ajratilayotgan juda katta mablag`larni manzilli, talon-taroj qilmasdan har bir so`mini qanday samarali ishlatilishini nazorat qilish prokuratura tizimi, tuman va shaharlar prokurorlarining yordamchilari zimmasiga yuklatildi.
“Endi byudjet mablag`i talon-taroj bo`lsa, prokurorlar ham javobgar bo`ladi”, – dedi davlat rahbari.
Mavzuga doir:
Haqiqiy obod mahallada “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo`lmasligi lozim — Prezident
Prezident Farg`ona, Namangan va Chirchiq shaharlari sektor rahbarlari haqida gapirdi
Ochilboy Ramatov 30 trillion so`mlik loyihalar ijrosiga javob beradi