Prezident Shavkat Mirziyoev boshchiligida bo`lib o`tayotgan videoselektorda uzoq yillar davomida to`planib qolgan elektr va gaz tarmoqlaridagi muammolar echimi bo`yicha bu yil hali tarixda bo`lmagan katta mablag` ajratilishi aytildi.
“Darakchi” muxbirining ma`lum qilishicha, joriy yilda respublika bo`yicha:
- ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli eng og`ir 325 ta qishloq va 71 ta shahar mahallalarini kompleks rivojlantirish uchun ularga ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, ichki yo`llar va ijtimoiy soha ob`ektlarini qurish hamda ta`mirlash ishlari uchun 3,3 trillion so`m;
- 2 ming 721 ta mahallada 10 ming kilometrdan ortiq ichki yo`llarni ta`mirlashga 2 trillion so`m;
- 4 ming kilometrdan ortiq suv tarmoqlaritortilib, 500 ta mahallaga toza ichimlik suvi etkazish uchun 1 trillion so`m;
- elektr ta`minotini yaxshilash maqsadida, 5 ming 377 ta (60 foiz) mahallada 15ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4mingdan ortiq transformatorlar yangilash ishlariga qariyb 2,1 trillion so`m yo`naltiriladi.
Bundan tashqari, Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki bilan birga, “qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasi doirasida Farg`ona, Andijon, Namangan, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining 21 ta tumani, 60 ta qishlog`ida 485 milliard so`mlik (46 million dollarlik)loyihalar boshlanadi.
Namangan viloyati hokimi tashabbusi bilan joriy yilda respublikadan qo`shimcha ajratiladigan 200 milliard so`mga mahalliy byudjetdan yana 100 milliard so`m yo`naltirib, 954 kilometr ichki yo`llarni ta`mirlanadi.
Eslatib o`tamiz, ajratilayotgan bu mablag`larning maqsadli sarflanishi nazoratda bo`lishi va buning uchun hududiy prokurorlar mas`ul bo`lishi haqida xabar bergan edik.
Mavzuga doir:
Haqiqiy obod mahallada “temir”, “ayollar” va “yoshlar” daftarlari bo`lmasligi lozim — Prezident
Prezident Farg`ona, Namangan va Chirchiq shaharlari sektor rahbarlari haqida gapirdi
Ochilboy Ramatov 30 trillion so`mlik loyihalar ijrosiga javob beradi
“Endi byudjet mablag`i talon-taroj bo`lsa, prokurorlar ham javobgar bo`ladi” - Prezident