AsosiyJamiyat

Namanganda YTH sabab 7 yoshli piyoda vafot etdi

'Namanganda YTH sabab 7 yoshli piyoda vafot etdi'ning rasmi

22 mart kuni soat 17:00 larda, G`ayrat MFY ichki yo`lida, “HOWO” rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta`minlay olmay, yo`lni kesib o`tayotgan 7 yoshli bolani urib yuborgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Natijada, piyoda tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo`yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 22 mart kuni O`z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar