AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning uchta hududida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning uchta hududida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika bo`yicha iliq va asosan quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va kechga tomon Toshkent viloyatida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo 20-25° iliqgacha isiydi.  

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin..Havo harorati 22-24° iliq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarda havo bulutli bo`ladi, yomg`ir, qor ko`rinishida yog`ingarchilik bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 11-16° iliq atrofida bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar