AsosiyJamiyat

Vafot etganning dafn marosimi uchun bir martalik nafaqa tayinlanishini bekor qilish nazarda tutilmagan. Normani noto`g`ri talqin qilmang! — Adliya vazirligi

'Vafot etganning dafn marosimi uchun bir martalik nafaqa tayinlanishini bekor qilish nazarda tutilmagan. Normani noto`g`ri talqin qilmang! — Adliya vazirligi'ning rasmi

Muhokamaga sabab bo`layotgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi va tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to`siqlarni qisqartirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi Farmonida vafot etgan shaxsning dafn marosimi uchun bir martalik nafaqa tayinlanishini bekor qilinishi nazarda tutilmagan.

Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi ma`lum qildi.  

Ma`lum qilinishicha, aksincha, Farmon bilan fuqaroning o`limi qayd qilingandan so`ng vakolatli organlarning vazifalari aniq belgilab berilgan.

Unga ko`ra Pensiya jamg`armasiga 2 ta vazifa yuklatildi.

Birinchidan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi jismoniy shaxsning o`limi qayd qilingan kundan boshlab 10 kun ichida dafn marosimi uchun bir martalik dafn nafaqasini tayinlanishini ta`minlaydi va bu tartib elektron ravishda amalga oshiriladi.  Ushbu normadan asosiy maqsad, yaqin kishisini yo`qotgan, og`ir dardi bo`lgan fuqarolarni idorama-idora sarson bo`lib yurishini oldini olishdan iborat.

Ikkinchidan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi vafot etgan shaxsga nisbatan kelgusida pensiya va nafaqalar hisoblanishi to`xtatilishini ta`minlaydi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad vafot etgan fuqaroga nisbatan yillar davomida asossiz pensiya hisoblanishi va to`lanishini oldini olish hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar