2021 yil 24 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 81816 (+138) nafarni tashkil etmoqda. Bu esa yil boshidan beri kuzatilgan rekord ko`rsatkichdir. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
3 nafari Jizzax viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
2 nafari Samarqand viloyatida,
20 nafari Toshkent viloyatida,
111 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 624 nafarga etdi.






