AsosiyJamiyat

Toshkentning markaziy mavzelarida issiqlik va issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatildi

'Toshkentning markaziy mavzelarida issiqlik va issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

«Toshissiqquvvati» DUKning ma`lumot berishicha, poytaxtning ayrim ko`chalarida vaqtincha issiqlik ta`minoti va  issiq suv bo`lmaydi.

Ta`kidlanishicha, Mirobod tumani Amir Temur ko`chasidan o`tuvchi issiqlik tarmog`ida avariya holati yuzaga kelishi sababli ayni vaqtda tezkor ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan quyidagi manzillarda  issiqlik va issiq suv ta`minoti vaqtincha to`xtatildi.  

— Amir Temur ko`chasida;

— Sodiq Azimov ko`chasida;

— Maxtumquli ko`chasida;

— Gulyamov ko`chasida;

— Shahrisabz ko`chasida;

— Markaz-1 mavzesida;

— Markaz-2 mavzesida;

— Markaz-4 mavzesida.                                                                      

                                                                                                                     

 Ta`mirlash ishlari yakuniga etkazilgach issiqlik va issiq suv ta`minoti qayta tiklanishi aytilmoqda.

    Boshqa yangiliklar