AsosiyJamiyat

O`zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 85 nafari — o`ta og`ir, 191 nafari — og`ir ahvolda

'O`zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning 85 nafari — o`ta og`ir, 191 nafari — og`ir ahvolda'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Botir Qurbonov ma`lum qildi.

«Bugungi holatga ko`ra, dunyo bo`yicha 219 ta davlatda 125 million 424 mingdan oshiq kishida koronavirus qayd etilgan. Kasallikdan 2 mln 726 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Kasallanish ko`rsatkichi yuqori bo`lgan AQSh, Braziliya, Hindiston, Fransiya va Rossiya Federasiyasida har kuni 60 mingdan 8 mingtacha holatda virus aniqlanyapti. Shuningdek, har kuni minglab o`lim ko`rsatkichlari qayd etilyapti.  

Hozirda O`zbekistonda koronavirusni sifatli va samarali davolashga mo`ljallangan maxsus shifoxonalarda 1049  nafar bemor davolanmoqda va ulardan 85 nafari — o`ta og`ir, 191 nafari — og`ir, 773 nafari — qoniqarli holatda», - dedi  Botir Qurbonov.

 

 

    Boshqa yangiliklar