AOKAda o`tkazilgan brifingda Botir Qurbonov savollarga javob qaytardi:
«Innovasion rivojlanish vazirligi qoshidagi Respublika ilg`or texnologiyalar markazida kasallikni mutasiyaga uchragan turlarini aniqlash yo`lga qo`yilgan. O`zbekistonda ham «britancha», Braziliya, Janubiy Amerika shtammi va boshqa mutasiyaga uchragan shtammlarni aniqlash imkoniyati mavjud. 2021 yil 10 yanvarida bir nechta shtammlar mamlakatimizda birinchi marta aniqlangani to`g`risida rasmiy bayonot berilgan edi».
Karantin choralari qat`iylashtirilayotgani ommaviy emlash bilan bog`liqmi?
«Yo`q, bunga umuman bog`liq emas. Ommaviy emlash tadbirlari bu barchamiz mas`ul bo`lgan tadbirlar. Ommaviy emlash tadbirlarini o`tkazish barchamiz uchun ham qarz, ham farz».






