AsosiyJinoyat

Andijonda fermer sabzavotchilikka ixtisoslashgan erni 18 ming AQSh dollariga sotishga urindi

'Andijonda fermer sabzavotchilikka ixtisoslashgan erni 18 ming AQSh dollariga sotishga urindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Baliqchi tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “N.” fermer xo`jaligi rahbari X.R. F.T.ning ishonchiga kirib, unga fermer xo`jaligiga tegishli sabzavotchilikka ixtisoslashgan er maydonining 6 gektarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali bog`dorchilik yo`nalishi bo`yicha hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga oldindan kelishilgan 18 ming AQSh dollari hisobidan 189 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar