Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va S.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G`.ning N. ismli ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni sharmanda qilish bilan qo`rqitib, evaziga talab qilgan 1 000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan B.Yu. va S.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.