AsosiyJinoyat

Xorazmda 32 yoshli tanishini qo`rqitib pul talab qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi

'Xorazmda 32 yoshli tanishini qo`rqitib pul talab qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

32 yoshli  fuqaro Shahnoza N., Xorazm viloyati IIB boshlig`i nomiga ariza bilan murojaat qilib, tanishi 31 yoshli Feruzbek B., u uchun sir saqlanishi lozim bo`lgan videotasvirlarni yaqin qarindoshlariga ko`rsatib sharmanda qilish bilan qo`rqitib, 1 500 AQSh dollar va “Samsung Gallaxy S 20” rusumli telefon apparati berishini talab qilayotganligini ma`lum qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 2021 yilning 16 mart kuni soat 20:00 da Urganch shahri A.Temur ko`chasida Feruzbek B., 1 500 AQSh dollar va “Samsung Gallaxy S20” rusumli telefon apparatini Shahnoza N.,dan tovlamachilik yo`li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Urganch shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Feruzbek B.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ta`kidlash joizki, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko`ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Boshqa yangiliklar