AsosiyJamiyat

"International Job Organization" XBA mas`ullariga sud hukmi o`qildi

'"International Job Organization" XBA mas`ullariga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

2021 yil 23 mart kuni, jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudida "International Job Organization" XBA rahbarlari va unga aloqador shaxslarga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra, Sh.Abdurahmanovga (“International Job Organization” MChJ ta`sischisi va direktori) 9 yil 6 oy, B.Ochilovga (“Brand community” MChJ rahbari) 9 yil 6 oy, G.Dumanovaga (“International Job Organization” MChJ Andijon viloyati filiali menejeri) 6 yil 1 oy, G`.Hasanovga (“International Job Organization” MChJ Xorazm viloyati filiali rahbari) 8 yil 1 oy, J.Pardaevga (“International Job Organization” MChJ Tayloq tumani filiali rahbari) 8 yil 1 oy, J.Tursunovga (“International Job Organization” MChJ Surxondaryo viloyati filiali rahbari) 8 yil 1 oy, X.Urazolievga (“International Job Organization” MChJ Jizzax shahar filiali rahbari) 8 yil 1 oy, A.Shukurovga (“International Job Organization” MChJ mintaqa kuratori) 8 yil 1 oy, D.Islomovaga (“International Job Organization” MChJ Namangan shahar filiali rahbari) 6 yil 1 oy, B.Po`latovga (“International Job Organization” MChJ mintaqa kuratori) 9 yil 1 oy, A.Ahmadjonovga (“International Job Organization” MChJ o`qituvchisi) 8 yil 6 oy, Sh.Nosirovga (“Yarkoe Budushee” MChJ rahbari) 8 yil, B.Jalolovga (“JB-WORLD COMPANY” MChJ rahbari) 9 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o`tash belgilandi. A.Salmanovga (ishsiz) 2 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Jinoyat oqibatida 2 368 nafar jabrlanuvchiga etkazilgan 17 063 069 928 so`m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Abduraxmanov, B.Ochilov, G.Dumanova, J.Pardaev, X.Urazoliev, A.Axmadjanov, D.Islomova, G`.Xasanov, J.Tursunov, A.Shukurov, B.Po`latov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Jinoyat oqibatida 6 nafar jabrlanuvchiga etkazilgan 172 545 183 so`m moddiy zarar sudlanuvchilar Sh.Nosirov va B.Jalolovdan solidar tartibda undirilishi belgilandi.

Sudlanuvchi B.Jalolovdan jabrlanuvchi S.Xamidovning foydasiga 26 264 800 so`m va O.Qobilovning foydasiga 34 669 536 so`m undirilishi belgilandi.

Jinoyat ishi yuzasidan xatlangan 1 104 778 352 so`m pullar va 12 678 426 462 so`mga baholangan mol-mulklar proporsional tartibda etkazilgan moddiy zararni qoplashga qaratilishi hamda undirilishi lozim bo`lgan zarar miqdoridan chegirilishi belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar