AsosiyJamiyat

Toshkent moliya institutida ham ertadan boshlab o`qish onlaynga o`tkaziladi

'Toshkent moliya institutida ham ertadan boshlab o`qish onlaynga o`tkaziladi'ning rasmi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent moliya institutida o`quv jarayoni 2021 yil 26 martdan 8 aprelga qadar (14 kun) bosqichma-bosqich masofaviy shaklda tashkil etiladi. 

Institutda o`quv jarayonini masofaviy shaklda tashkil etish bo`yicha barcha sharoitlar yaratilganligini inobatga olib, darslar fakultetlarga o`rnatilgan Wi Fi qurilmalari hamda yuqori tezlikdagi internetga ulangan kompyuter xonalaridan foydalangan holda, ZOOM videoaloqa dasturi orqali, dars jadvalida belgilangan vaqtlarda o`tilishi ta`minlanadi.

Shuningdek, barcha talabalar to`g`risidagi ma`lumotlar Oliy ta`lim jarayonlarini boshqarish HEMIS elektron ta`lim platformasiga kiritilganligini inobatga olib, fanlar bo`yicha kontentlar va topshiriqlarni tizimga kiritish va o`quv jarayoni natijalarini rasmiylashtirish ushbu axborot tizimida qayd etib boriladi.

Eslatma: Ikki hafta muddatli masofaviy ta`lim talabalar uchun belgilanmoqda. Barcha xodimlar, professor-o`qituvchilar karantin qoidalariga rioya etgan holda o`z vazifalarini bajaradilar.

Eslatib o`tamiz, sal avval Toshkent transport universitetining Aviasiya transporti muhandisligi fakulteti 3-kurs talabasida COVID-19 aniqlangani bois ushbu fakultet talabalari ikki haftalik masofaviy ta`limga o`tkazilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Inha universiteti talabasida ham koronavirus aniqlangan edi va bu OTM ham onlayn ta`limga o`tgani aytilgan. 

    Boshqa yangiliklar