Hindistonga tashrif buyurish istagida bo`lgan barcha yo`lovchilar Hindistonning quyidagi talablarini bajarishlari zarur:
1 – Yangi koronavirus infeksiyasining yo`qligiga, Hindistonga jo`nashdan oldin 72 soat ichida PZR (COVID-19 RT-PCR) usulida amalga oshiriladigan testdan o`tish.
2 – COVID-19 RT-PCR testining ingliz tilidagi manfiy natijasini Dehli aeroportining https://www.newdelhiairport.in/airsuvidha/apho-registration onlayn portaliga yuklash, so`rovnomani to`ldirgandan so`ng “SUBMIT” tugmasini bosish zarur.
3 – https://www.newdelhiairport.in/airsuvidha/allairports havolasiga o`tib, «Track Your Exemption / Self-Reporting Application» bo`limini tanlab, Dehli aeroportining onlayn portali tomonidan so`rovnoma qabul qilinganining tasdig`ini olish, Hindistonga parvoz qilish uchun So`rovnoma faqat unga “ACCEPTED” maqomi berilgandan so`ng amal qiladi.
So`rovnoma qatnovga ro`yxatdan o`tish vaqtida yo`lovchining mobil telefoniga yuklangan yoki chop etilgan shaklda uning qo`lida bo`lishi kerak.
Hindiston talabini bajarmagan yo`lovchilar parvozga qo`yilmaydi.






