Bugun, 25 mart kuni Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan “Yallama” chegara bojxona postida press tur tashkil etildi.
O`zbekiston-Qozog`iston chegarasida joylashgan “Yallama” chegara bojxona posti asosan avtotoransport vositalari va piyodalar uchun mo`ljallangan.
Post ohirgi rusumdagi axborot texnologiyalari vositalari bilan jixozlangan bo`lib, shulardan biri avtotransport vositalarning davlat raqamlarini aniqlash tizimidir.
BMT boshqarmasi tomonidan “Yallama” chegara bojxona postidagi “Port nazorat guruhi” uchun alohida xona to`liq jihozlanib, kompyuter, mebel va konteynerlar harakatini nazorat qilishga asoslangan maxsus kuzatuv uskunalari bilan ta`minlandi.
Media tur davomida jurnalistlar o`zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldi.
Tashkil etilgan bu kabi media turlarda jurnalistlar eng avvalo mavzuning ichiga kirib borish va har bir detalni puxta o`rganish imkoniga ega bo`lishdi. Bu esa tabiiyki, ular tomonidan tayyorlanadigan materiallarning yanada batafsil va ta`sirchan bo`lishiga xizmat qiladi.






