“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali Matbuot xizmatining xabariga ko`ra, 26 mart kuni Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim manzilgohlarida gaz quvurlarini ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli shu hududlarda vaqtincha gaz ta`minoti to`xtatiladi.
Chilonzor tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
- "Ko`tarma" MFYda
Sergeli tumanida soat 11:00 dan 18:00 gacha :
- Oxunboboev MFYda;
- Sa`diy MFYda
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi.






