AsosiyJamiyat

O`zbekistonda pullik yo`llar narxi e`lon qilindi

'O`zbekistonda pullik yo`llar narxi e`lon qilindi'ning rasmi

Toshkent-Samarqand va Toshkent-Andijon pullik yo`llaridan o`tish narxi 5−6 dollar (ekvivalentda) atrofida bo`lishi kutilmoqda. Bu haqda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili O`zLiDeP press-klubida ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, Toshkentdan Farg`ona vodiysiga borish yo`lining narxi uch qismga bo`linadi (dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra):

  • Toshkent-Angren — 1,7 dollar;
  • Angren-Qo`qon — 2 dollar;
  • Qo`qon-Andijon — 1,6 dollar.

Yuk transporti uchun narx qimmatroq bo`ladi. Misol uchun, Toshkentdan Andijongacha bo`lgan yo`l yuk mashinalari uchun 20 dollarga tushishi mumkin.

Pullik yo`llarda harakatlanishning maksimal tezligi 120−150 km/s bo`lishi mumkin, deydi agentlik vakili. Ayrim tog`li hududlarda bu 60−70 km/sga teng bo`lishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar