2021 yilning 15 mart kuni soat 02:00da noma`lum shaxs Toshkent shahri, Mirobod tumani “Mirobod dehqon bozori” hududida joylashgan “Xalq banki” ATB qarashli bo`lgan bankomatni temir jism bilan ochib, bankomat ichiga joylashtirilgan seyfni buzishga uringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, seyf ichida 82.080.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari bo`lgan. O`g`ri seyfni buza olmagach, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 26 yoshli Kamoliddin E., sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan Kamoliddin E.,ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi 3-qismi “v” bandi (O`g`rilikka suiqasd) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov davom etmoqda.






