O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun Kavkaz hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi sabab O`zbekistonning ko`pchilik hududlaridag ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarda momaqaldiroq bo`lishi va shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati 15-20° iliq atrofida bo`ladi.
27 martda respublika hududlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 8-13° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo`ladi.
28 martda O`zbekistonning shimoliy hududlariga, 29 martda respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi, tog` oldi va tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. 28 martda yomg`ir momaqaldiroq bilan kuzatiladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
28-29 martda Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida, 29 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.
29 martga havo harorati 6-11° iliqgacha pasayadi.
O`zbekistonning tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi.






