AsosiyJamiyat

Andijonda valyutani qonunga xilof ravishda o`tkazilishining oldi olindi

'Andijonda valyutani qonunga xilof ravishda o`tkazilishining oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon tumani bo`limlari tomonidan valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Ulug`nor-Baliqchi avtomobil yo`li bo`yida fuqaro D.E., I.A. va boshqalar xaridorlar O. va Sh.ga har bir AQSh dollarini 10 550 so`mdan hisoblab, 10 000 AQSh dollarini 105,5 mln so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan D.E., I.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar