AsosiyJamiyat

Sifatsiz yog`-moy ishlab chiqarayotgan 16 ta korxona bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga material kiritilgan — Zafar Saidov

'Sifatsiz yog`-moy ishlab chiqarayotgan 16 ta korxona bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga material kiritilgan — Zafar Saidov'ning rasmi

Sifatsiz yog`-moy ishlab chiqarayotgan 16 ta korxona bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga material kiritilgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan matbuot anjumanida Zafar Saidov aytib o`tdi.

Zafar Saidov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari:  

Shu kunga qadar 500 dan ortiq yog`-moy korxonalarining ro`yxati shakllantirildi va ularning 264 tasida nazorat tadbirlari o`tkazildi.

Tahlil natijalariga ko`ra, belgilangan talablar 40 ta yog`-moy korxonasida ta`minlanganligi va 224 tasida (Tovar xom-ashyo birjasiga taqdimnoma kiritilgan) ta`minlanmaganligi ma`lum bo`ldi.

Belgilangan talablar bajarilmagan korxonalarga jami 186 marotaba (shundan, 20 ta ogohlantirish, 157 ta ko`rsatma va 9 ta taqdimnomalar kiritish orqali) ta`sir choralari qo`llanildi, 16 ta yog`-moy korxonasi bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlariga (shundan, 8 ta sudlarga, 8 ta prokuraturaga) materiallar kiritildi.

    Boshqa yangiliklar